Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uchrashuv davomida Shavkat Umurzakov elchi janoblarini yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan tabriklab, bu tayinlov ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishiga ishonch bildirdi. Hokim siyosiy muloqotning yuqori darajasiga qaramasdan, mintaqaviy darajadagi hamkorlik salohiyati to‘liq amalga oshirilmaganini ta’kidladi.
Turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ta’lim kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni faollashtirish yo‘llari taklif etildi. Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashning asosiy vositasi sifatida axborot almashish va biznes aloqalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Janob Von Do Yon, o‘z navbatida, so‘nggi ikki yil ichida Toshkentda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni yuqori baholab, Janubiy Koreya ishbilarmon doiralarining O‘zbekiston bozoridagi faoliyatga bo‘lgan qiziqishini ta’kidladi.
Uchrashuv doirasida mehmonga yo‘l infratuzilmasi, energetika, suv ta’minoti, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi muhim loyihalar haqida ma’lumot taqdim etildi. Yangihayot tumanidagi "Yangi avlod" maxsus iqtisodiy zonasi, uning salohiyati va investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor berildi.
Tomonlar muloqotni davom ettirish va ikki xalq manfaatlari yo‘lida hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlarni izlashga kelishib oldilar.