Valyuta kurslari 25/04/2025
$1 – 12927.17
UZS – 0,29%
€1 – 14717.58
UZS – -0,02%
₽1 – 155.73
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 25/04/2025 O‘zbekiston va KIND Smart Bio-Cluster loyihasini muhokama qilishdi

O‘zbekiston va KIND Smart Bio-Cluster loyihasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamda Koreyaning KIND (Korea Overseas Infrastructure & Urban Development) korporatsiyasi bilan hukumatlararo hamkorlik doirasida ilgari surilayotgan Biotexnologiya klasteri bo‘yicha bosh rejaning dastlabki hisoboti muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muzokara davomida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari bosh reja yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi hamda Koreya Respublikasi tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

Ushbu loyiha "K-City Network Global Cooperation" dasturi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Avvalroq, Toshkent shahrida "Smart Bio-Cluster" loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh reja, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash hamda amalga oshirish yo‘l xaritasini tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishilgan edi. Shuningdek, loyihani amalga oshirish jarayonida koreyalik investorlar va kompaniyalarning ishtirokini taʼminlash ham rejalashtirilgan.

Shundan so‘ng delegatsiya "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini ham ko‘zdan kechirdi va bu yerda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda hamkorlik imkoniyatlari bilan tanishdi.

Mehmonlar "Smart Bio-Cluster" loyihasi uchun Toshkent shahrida belgilangan hududga tashrif buyurib, mavjud infratuzilma imkoniyatlari va tanlangan joyning loyiha talablariga mosligi bilan yaqindan tanishdilar. Ularga mazkur hudud haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Delegatsiya vakillari "Grand Pharm" kompaniyasining "Grand Logistics" markaziga ham tashrif buyurdilar. Maydoni 36 000 m² ni tashkil etuvchi asosiy omborda distributsiya jarayoni hamda GDP standartlari va SAP tizimi asosida joriy qilingan to‘liq avtomatlashtirilgan faoliyat jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling