Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 02/08/2025 Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi toshqinlar munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi toshqinlar munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahri va Xebey muzofotida ro‘y bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani, jarohat olgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi.

Murojaatda davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yo‘llab, jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 23 iyuldan 29 iyulgacha Pekin shahrida kuchli yomg‘irlar yog‘di. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar sifatida Miyun, Xuayjou, Yansin va Pingu tumanlari qayd etilgan. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafardan oshdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling