O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va AQSh tog‘-kon sanoati va energetika sohalarida hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi

UzDaily · 29.08.2025 · 22:30 · 514 views
O‘zbekiston va AQSh tog‘-kon sanoati va energetika sohalarida hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSh tog‘-kon sanoati va energetika sohalarida hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 29-avgust kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida AQSh Prezidentining Global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov, Energetika vaziri J. Mirzamahmudov, AQSh Prezidentining Global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Xenik ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mineral resurslar, sanoat, elektrotexnika va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi.