Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
Sport 02/08/2025 Saken Polatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi

Saken Polatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha U19 va U22 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati doirasida Asian Boxing tashkilotining Kongressi bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda tashkilot rahbariyati tarkibi shakllantirib olindi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Asian Boxing tashkilotining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Saken Djetibayevichni ushbu nufuzli lavozimga saylanganligi bilan tabriklaydi hamda mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va kuch-g‘ayrat tilaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling