Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
Iqtisod 20/01/2025 eBay O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

eBay O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amerikaning eBay kompaniyasi O‘zbekistonda rasman soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Endilikda kompaniya qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘laydi.

eBay bilan birga xorijiy internet-kompaniyalar uchun maxsus soliq idorasida Netflix, Amazon, Google, Apple, Zoom kabi yirik kompaniyalar ham ro‘yxatdan o‘tgan.

Hozirgi kunda jami 64 ta xorijiy kompaniya O‘zbekistonda QQS to‘laydi.

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston hududida elektron xizmatlar ko‘rsatgan 61 ta xorijiy kompaniya mamlakat byudjetiga 101,9 milliard so‘m miqdorida soliq to‘lagan.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 baravar ko‘pdir.

Shuningdek, 2024-yil dekabr oyida O‘zbekistonda elektron tijorat xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalar uchun yangi talablar joriy etilganini ta’kidlash lozim.

Endi elektron tijorat xizmatlari ko‘rsatuvchi barcha kompaniyalar O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. eBay va Amazon kabi yirik kompaniyalarning hali mamlakatda vakolatxonasi yo‘q, bu esa ularning mahalliy bozordagi keyingi faoliyati borasida ma’lum bir noaniqlikni yuzaga keltirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling