Valyuta kurslari 16/06/2025
$1 – 12760.21
UZS – 0,43%
€1 – 14704.87
UZS – 0,0%
₽1 – 160.08
UZS – 0,55%
Qidirish
O‘zbekiston 20/01/2025 Stokgolm shahrida O'zbekiston elchisi Shvetsiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Stokgolm shahrida O'zbekiston elchisi Shvetsiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Mariya Malmer Stenergard bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida ikki tomonlama hamkorlikni, xususan, savdo-iqtisodiy sohadagi salohiyatdan yana-da samarali foydalanish, sanoat va texnologik kooperatsiya, "yashil" va aylanma iqtisodiyot hamda innovatsiyalar va madaniy-gumanitar aloqalarni rag'batlantirish orqali kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar, shuningdek, Markaziy Osiyoda kechayotgan mintaqaviy jarayonlar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling