Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 02/08/2025 BAAda qidiruvda bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinib, ekstraditsiya qilindi

BAAda qidiruvda bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinib, ekstraditsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan va Interpolning xalqaro qidiruviga berilgan O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi Abu-Dabi shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) qo‘lga olinib, vatanga qaytarildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi maʼlum qilishicha, operatsiya O‘zbekiston va BAA huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik natijasida amalga oshirilgan.

Qo‘lga olingan shaxslar O‘zbekiston hududida iqtisodiy va mulkiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblanmoqda va tez orada sud oldida javob beradi.

Idora taʼkidlashicha, ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgani tufayli vatanga qaytarilayotgan jinoyatchilar soni ortib bormoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling