Валюта курслари 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0.47%
€1 – 14517.17
UZS – -0.77%
₽1 – 155.42
UZS – -0.35%
Қидириш
Технологиялар 20/08/2025 O‘zbekistonlik yosh muhandislar robotlar yig‘ish bo‘yicha Ginnes rekordini yangiladi

O‘zbekistonlik yosh muhandislar robotlar yig‘ish bo‘yicha Ginnes rekordini yangiladi

Тошкент, Ўзбекистон (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik yoshlar bir vaqtning o‘zida robotlarni yig‘ish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi.

18 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida “Muhandislik Missiyasi”  tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda 2000 ga yaqin yosh muhandis ishtirok etdi, ulardan 1946 nafari ishlaydigan g‘ildirakli robotlarni muvaffaqiyatli yig‘ib, tashkilotchilarga taqdim etdi.

Ginnesning rekordlar kitobi vakili Karlo Peri Savil oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻratbay Sharipovga rekord sertifikatni topshirdi.

– Bu jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarimizni tabriklayman, bugun o‘zbek o‘g‘il-qizlari har qanday vazifani birgalikda uddalay olishini yana bir bor isbotladi, – deydi Prezident Administratsiyasining ta’lim tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xilola Umarova.

Avvalroq ushbu nominatsiya bo‘yicha rekord 2023-yilning 23-yanvarida Hindistonning Bxopal shahrida o‘rnatilgan edi: keyin 1459 nafar maktab o‘quvchisi Hindiston xalqaro fan festivali doirasida qishloq xo‘jaligi robotlarini yig‘ishgan edi.

Энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг
Телеграм каналимизга обуна бўлинг