Валюта курслари 21/02/2025
$1 – 12929.92
UZS – -0.16%
€1 – 13496.25
UZS – -0.07%
₽1 – 146.25
UZS – 2.61%
Қидириш
Маданият 15/02/2025 «Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» Olmaotada namoyish etishadi

«Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi» Olmaotada namoyish etishadi

Тошкент, Ўзбекистон (UzDaily.uz) — 17-mart kuni Abay nomidagi Qozog‘iston milliy opera va balet teatri sahnasida butun dunyo tomoshabinlari qalblarini zabt etgan ‘Lazgi. Muhabbat va qalb raqsiʼʼ spektakli bo‘lib o‘tadi.

Mashhur lazgi Xorazm raqs sanʼatining tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Bu shunchaki oddiy raqs emas, balki tutqich bermas harakatlarning to‘laqonli tizimidir. Lazgi muhabbat, mehr, hayotdan zavqlanish va kayfi chog‘lik mushtarakligi ifodasining eng a‘lo vositasi bo‘lib qolmoqda. Bu raqs YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Uni sahnalashtirishda xalqaro mutaxassislar jamoasi jonbozlik ko‘rsatgan. Musiqa bastakor Devidson Jakonello tomonidan bastalanib, ta‘sirchan bezak va tasvirlar dunyoga mashhur yapon multimedia musavviri Yoko Seyama tomonidan yaratilgan.

Libretto muallifi va sahnalashtiruvchi xoreograf mashhur nemis raqqosi, Dortmund baleti baletmeysteri va “NRW Junior Ballet”ning badiiy rahbari, nufuzli xalqaro mukofotlar, shu jumladan, “Prix de Lausanne” sovriniga musharraf bo‘lgan Raul Raymondo Rebekdir.

Энг сўнгги янгиликлардан хабардор бўлинг
Телеграм каналимизга обуна бўлинг