Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Madaniyat 20/11/2024 YUNESKO ning Butunjahon merosi markazi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

 YUNESKO ning Butunjahon merosi markazi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonga YUNESKO Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Safar doirasida Samarqandda shahar madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Samarqand shahri hokimi Fazliddin Umarov hamda O‘zbekistonning YUNESKOdagi Doimiy vakili Kamol Muxtarovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda madaniy meros sohasining yetuk mutaxassislari, jumladan, Madaniy meros agentligi, “Wilmotte & Associés” me’morchilik kompaniyasi vakillari va arxitektura sohasi ekspertlari ishtirok etdi. Xalqaro va mahalliy yetakchi mutaxassislarni birlashtirgan yig‘ilishda madaniy obidalarning barqarorligini ta’minlash va ularni asrab-avaylashda tajriba almashish va ilg‘or jahon amaliyotini tatbiq etish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida Samarqandning betakror madaniy merosini muhofaza qilish va uning tarixiy markazini yanada ko‘rkamlashtirshga qaratilgan diqqatga molik loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Ayniqsa “Shohi Zinda” ansambli, Ulug‘bek rasadxonasi va boshqa tarixiy yodgorliklarni obodonlashtirish konsepsiyalariga alohida e’tibor berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling