Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) O‘zbekistonda elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shish maqsadida mamlakatning shimoliy-g‘arb va janubiy-q’arb hududlarini bog‘lovchi yangi yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog‘ini qurishni moliyalashtirishga yordam bermoqda.
YTTB mamlakatning milliy elektr tarmoqlari operatori “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga davlat tomonidan kafolatlangan 66,4 mln AQSh dollari miqdorida uzunligi 230 km, kuchlanishi 500 kV bo‘lgan, Xorazm viloyatidagi Sarimoy aholi yashash joyi va Navoiy viloyatidagi Muruntauni bog‘laydigan yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog‘ini qurishda ko‘maklashish uchun qarz ajratdi.
Loyiha tufayly elektr energiya tarmoqlaridagi “tor joylar” yanada kamayib elektr ta’minotidagi, ayniqsa yuklama eng yuqori bo‘lgan davrlardagi uzilishlar kamayadi. Shuningdek, Bank yordami bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston energetikasining uglerod chiqindilarini pasaytirgan holda rivojlanish strategiyasida ko‘rsatilgan qayta tiklanuvchi manbalarga asoslangan quvvatlar integrasiyasi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.
Loyiha tufayli yiliga issiqxona gazlari chiqindilari 4 143 tonna va elektr energiyasi yo‘qotishlari 34 636 MVtsga kamayishi kutilmoqda.
Shu kunga qadar Bank tomonidan O‘zbekistonda 171 loyihaga 5,3 milliard yevro atrofida investitsiya qilingan.