Valyuta kurslari 28/11/2024
$1 – 12848.38
UZS – 0,22%
€1 – 13512.64
UZS – 0,31%
₽1 – 120.07
UZS – -1,79%
Qidirish
Moliya 27/11/2024 YTTB O'zbekistonda ayollar va yoshlar tadbirkorligiga oid dasturlarni qo'llab-quvvatlashdan manfaatdor

YTTB O'zbekistonda ayollar va yoshlar tadbirkorligiga oid dasturlarni qo'llab-quvvatlashdan manfaatdor

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) Markaziy Osiyo bo'yicha direktori Huseyn O'zxan va bankning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Andi Aratinasi bilan onlayn muzokaralar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida xorijiy tomon YTTB hozirgi kunda Yangi O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholashini va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

Tomonlar O'zbekistonning YTTB bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan respublikada mikro, kichik va o'rta biznesni moliyalashtirish, ayollar va yoshlar tadbirkorligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida YTTB bilan bankning "Ayollar biznesda" va "Yoshlar biznesda" dasturlari doirasida O'zbekistonda ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash va bank bilan doimiy ishchi aloqalarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o'tamiz, YTTB shu kunga qadar O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikda jami 170 ta loyihani amalga oshirgan. Umumiy loyihalar portfelining 58 foizi xususiy sektor hissasiga to'g'ri keladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling