Valyuta kurslari 16/04/2025
$1 – 12980.89
UZS – 0,09%
€1 – 14722.93
UZS – -0,31%
₽1 – 158.67
UZS – 1,01%
Qidirish
Moliya 15/04/2025 YETTB UzCarlsberg kompaniyasiga aylanma kapitalni to‘ldirish uchun kredit ajratdi

YETTB UzCarlsberg kompaniyasiga aylanma kapitalni to‘ldirish uchun kredit ajratdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Carlsberg Group tarkibiga kiruvchi UzCarlsberg kompaniyasiga aylanma kapitalni to‘ldirish maqsadida 6 million AQSH dollariga (5,7 million yevro)cha miqdorda kredit ajratdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Mablag‘lar ingrediyentlar, qadoqlash materiallari xaridi va mavsumiy tovar zaxiralarini boshqarishga yo‘naltiriladi. Bu esa kompaniyaning operatsion samaradorligini oshirish hamda O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi standartlarini yuksaltirishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, mazkur kredit yoz oylarida mahsulotga bo‘lgan talab ortishi sharoitida kompaniyaga qo‘shimcha manevr qilish imkoniyatini beradi.

2022 yildan buyon UzCarlsberg YETTB mijozi hisoblanadi va mamlakatda xalqaro brendlar ostida pivo ishlab chiqarayotgan yagona kompaniya hisoblanadi.

Loyiha Yaponiya — YETTB hamkorlik jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston so‘nggi besh yil davomida Markaziy Osiyoda YETTB mablag‘larini eng ko‘p jalb qilayotgan mamlakat bo‘lib turibdi. Bugungi kunga qadar bank mamlakatda 174 ta loyiha doirasida 5,5 milliard yevrodan ortiq mablag‘ investitsiya qilgan, asosiy eʼtibor esa xususiy sektorni rivojlantirishga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling