Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
O‘zbekiston 25/12/2024 Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtiriladi

 Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish mexanizmlari takomillashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, tergov organlarining faoliyatini qonun ustuvorligi va qilmish uchun jazo muqarrarligini ta’minlash tamoyili asosida takomillashtirish, respublika moliya tizimi barqarorligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini ta’minlash, iqtisodiy jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etish, har tomonlama, to‘la va xolisona tergov qilish sohasida qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Bu esa, o‘z navbatida, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vazifalari va vakolatlarini amaldagi qonun hujjatlarida aks ettirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Qonun loyihasi yuzasidan ma’ruza qilgan deputat Sherzod To‘xtashev davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga ko‘ra ishlab chiqilgan mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Budjet kodekslariga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish, davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish sohasidagi vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganini ta’kidladi. Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida deputatlar tomonidan berilgan takliflar e’tiborga olinib, yanada takomillashtirilgani aytib o‘tildi.

Loyihaning qabul qilinishi jinoyatlarni tergov qilish va budjet qonunchiligi sohasida davlat organlarining vakolatlarini qonun hujjati bilan mustahkamlash, qonun normalarini aniq va bir xilda qo‘llanilishiga hamda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga xizmat qiladi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling