Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Iqtisod 01/02/2025 Yashil iqtisodiyot siyosatiga asoslangan moliyaviy dasturining ikkinchi bosqichini baholash bo‘yicha seminar o'tkazildi

Yashil iqtisodiyot siyosatiga asoslangan moliyaviy dasturining ikkinchi bosqichini baholash bo‘yicha seminar o'tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyot va moliya vazirligida Yashil iqtisodiyotga asoslangan qarz dasturining (PBL) ikkinchi bosqichini baholashga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Muhokamalar iqlim o‘zgarishiga moslashish va hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariga bag‘ishlandi. 

Mazkur dastur doirasida qazilma yoqilg‘ilari subsidiyalarini xatlovdan o‘tkazish va qisqartirish, iqtisodiyotni dekarbonizatsiyalash bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish, milliy miqyosda issiqxona gazlari tashlanmalarining monitoringi, hisoboti va tekshiruvi (MRV) tizimini joriy etish, “yashil” byudjetlashtirish va soliqqa tortishni joriy qilish hamda boshqa yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirildi. 

Seminarda xalqaro tomondan Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) Boshqaruv guruhi rahbari Patrik Blin, Fransiya Taraqqiyot Agentligi konsultanti Doktor Rupinder Singh, Expertise France dastur koordinatori Maryna Moreau, o‘zbek tomonidan esa, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yashil iqtisodiyotga o‘tish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Shoxzod Islamov va boshqa tegishli bo‘linmalar mutaxassislari ishtirok etdi.  

Seminarning asosiy maqsadi Yashil iqtisodiyot PBL dasturining ikkinchi bosqichini baholash bo‘lib, ushbu loyiha O‘zbekiston Davlat budjetini kredit mablag‘larini ajratish orqali qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. Muhokamalar davomida O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida siyosiy va institutsional mustahkamlash, yashil moliyaviy siyosatlarni joriy etish hamda davlat va xususiy sektor investitsiyalarini rag‘batlantirishning ahamiyati ta’kidlandi.

Dastur ikkinchi bosqichining muhim qadami sifatida issiqxona gazlari (GHG) chiqindilarini monitoring va tasdiqlash tizimlarini yaratish, hamdaO‘zbekistonning yashil iqtisodiy o‘sish bo‘yicha erishgan natijalari haqidagi hisobotni chop etish belgilangan.

Baholash jarayoni mantiqiy yondashuv asosida olib borilib, dastur dolzarbligi, mosligi, samaradorligi, ta’siri va barqarorligi bo‘yicha besh asosiy savolga javob berildi. Umumiy baholash natijalariga ko‘ra, PBL milliy yashil iqtisodiy o‘sish ustuvorliklarini belgilash va hukumatning jalb qilinishini ta’minlashda muhim rol o‘ynagan. Shuningdek, uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash uchun tashqi yordam va ichki siyosiy islohotlarni davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Baholash natijalari bo‘yicha berilgan tavsiyalar rivojlanish hamkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, barqaror siyosiy muloqotni davom ettirish va O‘zbekistonning yashil tashabbuslari bo‘yicha jamoatchilik xabardorligini oshirish muhimligini ta’kidladi.  

Ushbu seminar O‘zbekistonning barqaror va mustahkam yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga sodiqligini yana bir bor namoyish etdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi xalqaro hamkorlari bilan birgalikda samarali siyosatlarni amalga oshirish va barqaror rivojlanish uchun zarur resurslarni jalb etishda davom etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling