Yarim yilda O‘zbekistonda aviayo‘lovchi tashish hajmi 28 foizga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning birinchi olti oyi mobaynida O‘zbekistonda deyarli 4 million kishi havo transportidan foydalandi.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida havo transporti orqali tashilgan yo‘lovchilar soni 3 952 ming nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 866,6 ming yo‘lovchiga yoki 28,1 % ga oshgan.