Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 05/12/2024 Yaponiyaning Sojitz Corporation kompaniyasi bilan JCM mexanizmi doirasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Yaponiyaning Sojitz Corporation kompaniyasi bilan JCM mexanizmi doirasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyot va moliya vazirligida Yaponiyaning Sojitz kompaniyasi bilan Qo‘shma moliyalashtirish mexanizmi (Joint Crediting Mechanism – JCM) doirasida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Sojitz Corporation kompaniyasining menejer yordamchisi Yusuke Mizuno, Biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Akbarjon Akramov hamda vazirlikning Yashil iqtisodiyotga o‘tish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Sojitz Corporation tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarning joriy holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qilish bo‘ldi.

Xorijiy tomon O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hamda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga qaratilgan loyihalarni JCM mexanizmi doirasida amalga oshirish bo‘yicha taklifni ilgari surdi.

Shuningdek, vazirlik issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini hamda mazkur loyihalar JCM mexanizmi doirasida ishlab chiqilgan tartib-qoidalar asosida ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar JCM mexanizmi doirasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling