Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Moliya 30/01/2025 “Yangi bank” yilni 32 mlrd so‘m zarar bilan yakunladi

“Yangi bank” yilni 32 mlrd so‘m zarar bilan yakunladi

 Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil yakunlariga ko‘ra, 2023-yil may oyida bank litsenziyasini olgan “Yangi bank”ning sof zarari 31,9 mlrd so‘mni tashkil etdi (2023-yilda 2,6 mlrd so‘m). Bankning umumiy daromadi 350,2% ga oshib, 48,1 mlrd so‘mga yetdi.

Kreditlar va lizing bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun zaxiralar 2023 yildagi 454,8 mlndan 11,0 mlrd so‘mga ko‘paydi.

Operatsion xarajatlar ham sezilarli darajada oshdi — 10,4 mlrddan 48,0 mlrd so‘mgacha.

Bankning kredit portfeli yil yakuniga ko‘ra 138 mlrd so‘mni (2023-yilda 46 mlrd so‘m) tashkil etdi, muammoli kreditlar (NPL) ulushi esa 8,7% (12 mlrd so‘m)ga yetdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling