Valyuta kurslari 25/08/2025
$1 – 12357.09
UZS – -0,46%
€1 – 14330.52
UZS – -0,95%
₽1 – 153.49
UZS – -0,88%
Qidirish
Iqtisod 25/08/2025 Yandex Uzbekistan taksi sohasida biznes boshlamoqchi bo‘lganlar uchun motivatsion dasturni ishga tushirdi

Yandex Uzbekistan taksi sohasida biznes boshlamoqchi bo‘lganlar uchun motivatsion dasturni ishga tushirdi
 

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yandex Uzbekistan kompaniyasi taksi sohasida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lganlar uchun motivatsion dasturni e’lon qildi. Ushbu dasturda ishtirok etuvchi hamkorlar har birxizmatga ulangan avtomobil uchun yiliga 35 million so‘mgacha bonus olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kompaniya hozirning o‘zida hamkorlarga biznes yuritishda qator qo‘llab-quvvatlash choralarini taklif etmoqda: jarayonlarni avtomatlashtirishdan tortib, hamkorlar orqali avtotransport xaridiga chegirmalargacha. Yaqin kelajakda Yandex Uzbekistan hamkorlarga maxsus avtomobil lizingi shartlarini ham taklif etishni rejalashtirmoqda.

Motivatsion dasturda qatnashish uchun hamkorlar 2025 yil 30 sentyabrga qadar kamida 10 ta O‘zbekistonda yig‘ilgan avtomobilni xarid qilishi, ushbu avtomobillar dastur talablariga muvofiq bo‘lishi (chiqarilgan yili va brendi) va ularni Yandex Taxi servisiga buyurtmalarni bajarish uchun ulashi kerak. Shuningdek, avtomobillar doimiy ravishda xatlovda bo‘lishi va faol ravishda qatnovlarni amalga oshirishi talab qilinadi. Har bir servisga ulangan yangi avtomobil uchun yiliga 35 mln so‘mgacha bonuslar taqdim etiladi.

“Bu loyiha — biz uchun yangi hamkorlarni jalb qilish va xizmatga ulangan avtoparkni doimiy yangilab borish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, Yandex Taxi xizmatlarining sifati yuqori bo‘lishi va ularga talab barqaror bo‘lishini ta’minlaydi,” — deydi Yandex Taxi rahbari Timur Aliyev.

Yandex Taxi'ning barcha hamkorlariga haydovchilarni jalb etish va o‘qitish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash, avtopark va buyurtmalarni boshqarish uchun avtomatlashtirilgan tizim, menejerlar uchun o‘quv vebinarlar, kelajakda — avtomobillarni lizing asosida sotib olish va hamkorlardan xarid qilishda chegirmalar kabi imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

Arizalarni qabul qilish 2025 yil 19 sentyabrgacha davom etadi. Motivatsion dasturda qatnashuvchilar soni cheklangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling