Valyuta kurslari 08/01/2025
$1 – 12948.10
UZS – 0,14%
€1 – 13502.28
UZS – 0,84%
₽1 – 121.01
UZS – 0,06%
Qidirish
Iqtisod 06/01/2025 Yandex Uzbekistan o‘z xizmatlarining hamkor kuryerlari uchun sug‘urta dasturini ishga tushirdi

Yandex Uzbekistan o‘z xizmatlarining hamkor kuryerlari uchun sug‘urta dasturini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sug‘urta dasturi Eats, Lavka va Delivery xizmatlari bilan hamkorlik qiluvchi kuryerlarga qo‘llanadi hamda buyurtmalarni bajarish davomida yuzaga kelgan mehnatga qobiliyatsizlikning ayrim holatlarini qoplab beradi.

Hozirgi paytda Yandex Go ilovasidagi Eats va Lavka xizmatlarida ushbu sug‘urta dasturi ishlamoqda. Yaqin kunlarda unga Delivery xizmati ham qo‘shiladi. Sug‘urta piyoda harakatlanuvchi, avtomobillardan, velosipedlardan, samokatlardan, mopedlardan yoki boshqa shaxsiy harakatlanish vositalaridan foydalanuvchi kuryerlarga tatbiq etiladi.

Barcha xizmatlar faoliyat yuritayotgan shaharlarda kuryerlar uchun sug‘urta bepul taqdim etiladi. U ish vaqti boshlangan vaqtdan boshlab amal qiladi va buyurtmani bajarish jarayonida sog‘liq bilan bog‘liq muammolar sabab mehnat qobiliyatini yo‘qotish holatlarini qoplaydi. Sug‘urta qoplamasi shartlariga qarab, turli istisnolar nazarda tutilgan, jumladan, zarar qasddan, alkogol yoki narkotik moddalar ta’sirida yetkazilgan holatlarda amal qilmaydi.

Kompensatsiya olish uchun sug‘urta kompaniyasiga ma’lumotlarni taqdim etish talab qilinadi, shundan so‘ng barcha zarur jarayonlar o‘tkazilib, tovon puli to‘lanadi. Sug‘urta qoplami miqdori, sug‘urta holati va shartlariga bog‘liq ravishda, 100 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling