Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 03/02/2025 Yandex Go Navoiyda Yetkazish xizmatini ishga tushirdi

Yandex Go Navoiyda Yetkazish xizmatini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Endi Navoiy aholisi Yandex Go ilovasidan foydalanib, shahar bo‘ylab sovg‘alar, hujjatlar yoki buyumlarni yuborishlari mumkin. Yuborish uchun kichik paketlar va yuklarning og‘irligi 20 kg gacha bo‘lishi mumkin.

Yandex Go Yetkazish xizmati shaharning barcha tumanlarida mavjud. Xizmatdan foydalanish uchun ilovada "Yetkazish" bo‘limini tanlab, jo‘natish va qabul qilish manzillarini, shuningdek, jo‘natuvchi va qabul qiluvchining kontaktlarini ko‘rsatish kerak. Shunga qo‘shimcha, "Eshikdan eshikka" qo‘shimcha bandi mavjud bo‘lib – bu holda kuryer yuboriladigan yukni xonadon yoki ofisdan olib, qabul qiluvchining eshigiga qadar yetkazib beradi. Buyurtmani hisobingizga bog‘langan to‘lov kartasi yoki naqd pulda to‘lash mumkin.

Kuryer bir necha daqiqa ichida avtomatik tarzda tayinlanadi. Xizmat narxi masofa va tirbandlik holatini hisobga olgan holda oldindan hisoblab chiqiladi. Buyurtmaning holatini Yandex Go ilovasi orqali real vaqt rejimida kuzatib turish mumkin.

Tadbirkorlar ham o‘z mijozlariga buyurtmalarini yuborish uchun ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin. Maksimal og‘irlik – 20 kg dan oshmaslik sharti bilan yengil avtomobilning yukxonasiga sig‘adigan yuk bo‘lishi kerak.

Xizmat Navoiydan tashqari O‘zbekistonning 14 ta shahri, jumladan Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Termiz, Nukus, Qarshi, Urganch, Xiva, Guliston va Jizzaxda mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling