Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
O‘zbekiston 11/12/2024 Xudoyor Nuriddinovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Xudoyor Nuriddinovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Internetda "Abu Valid" nomi bilan tanilgan Xudoyor Nuriddinovga qarshi O‘zbekistonda jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

1994-yilda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda mehnat migranti sifatida Rossiyaga chiqib ketgan. U yerda xalqaro terrorchilik tashkilotlari g‘oyalari ta’siriga tushgan va keyinroq Suriyaning Idlib shahriga ko‘chib o‘tgan.

Suriyada Nuriddinov tashviqot ishlari bilan shug‘ullangan, bu esa ba’zi o‘zbekistonliklarni qurolli mojarolarda qatnashishga jalb qilgan va ularning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda Nuriddinov ijtimoiy tarmoqlar va YouTube platformasi orqali ekstremistik g‘oyalarni tarqatish va jihodga chaqiruvlar bilan bog‘liq jinoiy faoliyatini davom ettirmoqda. U tarqatayotgan materiallar O‘zbekistonA hududida taqiqlangan. Uning videolarini saqlash, tomosha qilish va tarqatish jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Xudoyor Nuriddinovga qarshi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan:

155-2-modda: Terrorchilik faoliyati, shu jumladan, o‘qotar quroldan foydalanish va mojaro hududlariga safar qilish.

159-modda: O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz.

223-modda: Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy kirish yoki chiqish.

244-2-modda: Diniy ekstremistik, separatistik va fundamentalistik tashkilotlar faoliyatini yaratish, ularga rahbarlik qilish va qatnashish.

Xudoyor Nuriddinov qidiruvga berilgan bo‘lib, mazkur ish bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling