Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Iqtisod 30/01/2025 Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi

Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari hamda uni bosqichma-bosqich ta’minlash tizimini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Asosiy parametrlarga muvofiq qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning bandligi Prezidenti Farmoniga muvofiq ustuvor ravishda pillachilik klasterlari, ipak qurti urug‘chiligi korxonalari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga mavsumiy hamda doimiy ishlarga qabul qilish orqali ta’minlanadi.

Bir oy muddatda Xitoy, Vetnam, Hindiston va Yaponiya davlatlaridan ipakchilik sohasidagi mutaxassislarni xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslariga jalb qilish choralari ko‘riladi.

Pillachilik sohasida band bo‘lgan fuqarolarning ma’lumotlari “yangiish.mehnat.uz” platformasiga kiritib borilishi ta’minlanadi.

Asosiy parametrlarga muvofiq pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilinganligi hisobi yuritiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling