Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlaridan iborat ishchi guruh xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonga qaytarish maqsadida navbatdagi xizmat safariga Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Hozirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari bilan hamkorlikda
Moskva, Sankt-Peterburg, Astraxan, Volgograd, Irkutsk, Chelyabinsk, Vladivostok va Ulyanovsk shaharlarida, shuningdek, Moskva, Leningrad, Oryol, Smolensk va Vladimir viloyatlarida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 30 nafar bolaning hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini olib borilmoqda.
Voyaga yetmagan bolalarning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari olib kelinayotgan bolalarni oilaviy muhitga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rmoqda.