Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoylik ishbilarmonlar tomonidan viloyatimiz hududida ko‘p qavatli turar-joy binolari va zamonaviy mehmonxona qurilishi rejalashtirilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va xitoylik delegatsiya vakillari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda bu haqda ma’lum qilindi.
Viloyat hokimi ko‘plab yo‘nalishlarda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda ish olib borilayotganligini qayd etib, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida ketayotgan qurilish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Muloqot davomida xitoylik investorlar ko‘p qavatli uylar va mehmonxona uchun maqbul joylar bilan tanishayotganliklari va ikki tomon qurilish sohasi mas’ullari ishtirokida loyihalarning aniq konsepsiyasi ustida ishlab, uni amalga oshirish shartlari bo‘yicha takliflar bildirildi, savollarga javob olindi. Uchrashuvda qayd etilgan masalalar yuzasidan hamkorlikda ishlab, muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.