Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 27/06/2025 Xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi bilan hamkorlikda xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda 40 ga yaqin yirik Xitoy korxonalar va uyushmalar rahbarlari hamda O‘zbekiston yetakchi tadbirkorlari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Xitoylik tadbirkorlar delegatsiya rahbari, Chunsin Szinyoy provinsiyasining Madaniy turizm guruhi raisi Luo Yu bugungi uchrashuv va samimiy mehmondorchilik uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, investorlarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Milliy iqtisodiy hamkorlik uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbir doirasida tadbirkorlar o‘rtasida V2V uchrashuvlari bo‘lib unda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling