Valyuta kurslari 21/04/2025
$1 – 12938.20
UZS – -0,2%
€1 – 14710.73
UZS – -0,23%
₽1 – 159.51
UZS – 0,78%
Qidirish
Iqtisod 16/03/2025 Xitoy texnologiyalari O‘zbekistonda paxtachilik va chorvachilikni rivojlantirishga yordam beradi

Xitoy texnologiyalari O‘zbekistonda paxtachilik va chorvachilikni rivojlantirishga yordam beradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazirlik mas’ullari hamda Xitoy Xalq Respublikasining "Wellhope" hamda "Qinghai Jiangheyuan Investment Group" kompaniyalari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda yangi loyihalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi. 

Muloqot avvalida bugungi kunda O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari tobora rivoj topayotganligi, xususan paxtachilik, urug‘chilik hamda yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari ravnaq topayotganligini aytib o‘tdi.

Ayniqsa, paxtachilik sohasida 2024-yilda Xitoy urug‘larining kirib kelgani, "Shinjon" texnologiyasining mamlakatimiz paxta maydonlarida joriy etilgani ayni sohada tub burilish bo‘lgani qayd etib o‘tildi.

Vazirlik vakillari nafaqat paxtachilik balki chorvachilik, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda bir qancha qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida Xitoy bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, kompaniyalar vakillari O‘zbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor ekanligini aytib o‘tishdi.

Muloqot davomida kompaniyaning imkoniyatlari taqdimot shaklida namoyish etildi hamda yurtimizda ozuqa yemlarini ishlab chiqarish hamda parrandachilik tarmoqlarida yangi loyihalarni joriy etish borasida takliflar berib o‘tildi. Bundan tashqari chorvachilik sohasidagi bir qancha tarmoqlarda, xususan, sutchilik, sut mahsulotlarini qayta ishlash borasida ham takliflar o‘rtaga tashlandi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida amalga oshiriladigan keyingi rejalar aniq belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling