Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishida yuk oqimini ko‘paytirish va tashuvlarni rivojlantirish masalasi muhokama etildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri I.Maxkamov "Xitoy temir yo‘llari" davlat kompaniyasining bosh direktori Syude Sun hamda Xitoy Xalq Respublikasi Taraqqiyot va islohotlar milliy qo‘mitasi Xorijiy investitsiyalar departamenti direktori o‘rinbosari Szin Sin xonim bilan muzokaralar olib bordi.
Tomonlar "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘lini qurish loyihasining joriy holati va uning amalga oshirilishining hozirgi bosqichidagi mavjud masalalarni muhokama etishdi.
I.Maxkamov O‘zbekiston kompaniyalarining milliy xomashyo va ishlab chiqarish resurslaridan foydalangan holda mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha subpudrat ishlarida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
Shuningdek, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha yuk oqimini ko‘paytirish va tashishni rivojlantirish maqsadida Qashqar stansiyasiga "eksport" maqomini berishni tavsiya qildi.