Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Shandong Weida Construction Machinery Co., Ltd kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda Dang‘ara tumanida xitoylik investorlar mablag‘lari hisobiga qurilishi rejalashtirilayotgan qurilish materiallari (gazoblok) ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.
Loyiha uchun 25 mln. dollar sarmoya kiritilayotgan bo‘lib, dastlabki bosqichda qurilish materiallari (gazoblok) ishlab chiqariladi. Keyinchalik binoni alohida xonalarga bo‘lish uchun mo‘ljallangan devorlar va qurilish kleylari ham ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha ishga tushishi natijasida 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Loyiha to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘ladi.Ushbu qurilish materiallariga ichki va tashqi bozorda talab yuqori ekanligini qayd etgan viloyat hokimi, loyiha qo‘llab-quvvatlanishini va kerakli ko‘mak berilishini ma’lum qildi.