Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik charm sanoati sohasida yangi bosqichga chiqmoqda. “Uzcharmsanoat” uyushmasi raisi A. Sultonov va Xitoyning “Fujian Zero Point and One Eight Creation Technology Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari o‘rtasidagi uchrashuv xalqaro taniqli brendlar uchun poyabzal ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv bilan yakunlandi.
Mazkur loyiha ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish bilan birga ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratishni ham va’da qilmoqda.
Tayyor mahsulotlar nafaqat Markaziy Osiyo mamlakatlariga, balki MDH davlatlari va Yevropaga ham eksport qilinadi.
Xitoyning ilg‘or texnologiyalariga ega kompaniya bilan hamkorlik O‘zbekistonga mahsulot sifatini sezilarli darajada yaxshilash va yangi xalqaro bozorlarga chiqishga imkon beradi.