Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xiaomi O‘zbekistonda Redmi Note 14 seriyasini taqdim etdi: Professional fotografiya va ajoyib quvvat
Elektron texnika va aqlli qurilmalar bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchi Xiaomi Corporation kompaniyasi Redmi Note 14 smartfonlarining xalqaro seriyasini taqdim etdi. O‘zbekiston bozoriga chiqarilgan ushbu yangi modellar qatoriga uchta model kiritilgan: Redmi Note 14 Pro+ 5G, Redmi Note 14 Pro va Redmi Note 14. Yangi qurilmalar ilg‘or sun’iy intelektli kameralar, ajoyib chidamlik va funksionallikni birlashtiradi.
Sun’iy intelekt bilan professional fotografiya
Redmi Note 14 kameralarining maqsadi flagman darajasidagi rasmlarni yaratishdir.
Redmi Note 14 Pro+ 200 megapiksellik AI-kameraga ega, optik tasvirni barqarorlashtirish (OIS) texnologiyasi bilan jihozlangan, bu yomon yoritilgan joylarda ham tiniq suratlar olish imkonini beradi. 2x va 4x optik zum, shuningdek, 30x raqamli zum uzoqdagi obyektlarni tasvirga olish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Redmi Note 14 Pro ham 200 megapiksellik kameraga ega bo‘lib, shunday imkoniyatlarni taqdim etadi va foto hamda video olishda yuqori sifatni ta’minlaydi.
Redmi Note 14 108 megapiksellik AI-kameraga ega bo‘lib, yuqori aniqlik va tabiiy ranglarni taqdim etadi, bu barchaga professional fotograf bo‘lish imkonini beradi.
Modellarning old kamerasi sifatli selfi va video qo‘ng‘iroqlar uchun optimallashtirilgan. Redmi Note 14 Pro+ va Redmi Note 14 Pro 32 megapiksellik old kameraga, Redmi Note 14 esa 20 megapiksellik old kameraga ega.
Kundalik hayot uchun chidam va himoya
Redmi Note 14 seriyasi uzoq muddatli foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan, hatto qiyin sharoitlarda ham.
Redmi Note 14 Pro+ va Redmi Note 14 Pro yuqori chidamlikka ega alyuminiy ramka va ekranni qirilish va zarbalardan himoya qiladigan Corning Gorilla Glass Victus® 2 bilan jihozlangan.
Redmi Note 14 ham Corning Gorilla Glass 5 bilan mustahkamlangan.
Shuningdek, Redmi Note 14 Pro+ va Redmi Note 14 Pro IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan himoya qilingan, bu faol turmush tarziga juda mos keladi. Redmi Note 14 esa IP54 himoyaga ega bo‘lib, suv tomchilari va changdan himoya qiladi.
Kun davomida quvvat
Redmi Note 14 seriyasining barcha modellari yuqori samarali protsessorlar va qulay batareyalar bilan jihozlangan.
Redmi Note 14 Pro+ Snapdragon® 7s Gen 3 protsessoriga ega va 5110 mA/soat batareyasi bilan ta’minlangan. Bu qurilma 120W HyperCharge tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa qurilmani bir nechta daqiqada 100% ga zaryadlash imkonini beradi.
Redmi Note 14 Pro va Redmi Note 14 mos ravishda MediaTek Dimensity 7300-Ultra va Helio G100-Ultra protsessorlariga ega. Batareyalar 5500 mA/soatgacha bo‘lib, butun kun davomida ishlashni ta’minlaydi.
Aqlli zaryadlash funksiyasi batareyaning uzoq ishlashini ta’minlaydi, bu esa O‘zbekistondagi foydalanuvchilar uchun muhim, chunki barqaror elektr ta’minoti ba’zan qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.