Xalqaro valyuta jamg‘armasi Kelishuvlarining IV moddasi doirasida 2025 yilgi uchrashuvlar boshlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bankda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Kelishuvlarining IV moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bilan 2025 yilgi Maslahatlashuvlar doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda 2024 yildagi uchun makroiqtisodiy sharoitlar, pul-kredit siyosati va makroprudensial siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda 2025 yil uchun prognozlar, pul-kredit siyosati va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.
Mazkur missiya doirasida XVJ vakillarining boshqa vazirlik va idoralar hamda tijorat banklari bilan uchrashuvlari davom etadi.
XVJ Kelishuvlarining IV moddasi yuzasidan uchrashuvlar XVJga aʼzo mamlakatlardagi iqtisodiy o‘zgarishlarni tahlil qilish, markaziy banklar tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosati, bank tizimidagi yangi islohotlar bo‘yicha xalqaro ekspertlar monitoringini o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi.