Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 12/04/2025 Wildberries O‘zbekistonda saralash markazini ochdi

Wildberries O‘zbekistonda saralash markazini ochdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiyalik marketpleys Wildberries O‘zbekistonda yangi saralash markazini ochgani haqida kompaniyaning press-relizida maʼlum qilindi.

Markaz, Toshkent shahridagi «Farg‘ona yuli» 13/11 manzilida joylashgan bo‘lib, bu tovarlarni bosh shahar bo‘ylab yetkazib berishni sezilarli darajada tezlashtiradi va ularni 12 soat ichida qabul qilish imkonini yaratadi.

Caralash markazi kuniga 100 minggacha tovarni qayta ishlash imkoniga ega bo‘lib, bu logistika jarayonlarini yaxshilash va yetkazib berish tezligini oshirishga yordam beradi.

«Bu, hamkorlarimizning kelajagiga qaratilgan investitsiyadir. Endilikda O‘zbekistondagi sellerlar tovarlarni xaridorlarga tezroq yetkazib bera oladi va o‘z bizneslarini kengaytirish imkoniga ega bo‘ladi», — dedi Wildberries‘ning O‘zbekistondagi saralash markazlari rahbari Artyom Kuzin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling