Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Britaniyaning sayohatlarga ixtisoslashgan "Wanderlust" jurnali O‘zbekistonni 2025-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillar ro‘yxatiga kiritdi.
Ushbu jurnal ro'yxatiga Singapur, BAA, Qatar, AQSh, Braziliya, Germaniya, Yaponiya, Malayziya, Avstraliya va boshqa mamlakatlar va mintaqalar kiritildi.
O‘zbekiston bir nechta muhim sabablar tufayli ko‘pincha eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallaydi. Mamlakat Buyuk Ipak yo‘li bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan boy tarixiy merosga ega. Bu yerda Samarqand, Buxoro va Xiva singari mashhur qadimiy shaharlar joylashgan bo‘lib, ular o‘ziga xos me’morchiligi, masjidlari, madrasalari va maqbaralari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi.