Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Turizm 11/03/2025 “Wanderlust” bilan hamkorlikda O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi

“Wanderlust” bilan hamkorlikda O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “ITB Berlin 2025” turizm ko‘rgazmasi doirasida Berlin shahrida Buyuk Britaniyaning “Wanderlust” sayohat jurnalining rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Djamshid Abdusalamov va “Wanderlust” jurnalining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Devid Rid hamda bosh muharriri Jorj Kipuros O‘zbekiston turizm salohiyatini Yevropa qit’asida keng targ‘ib qilish masalalarini muhokama qilishdi.

Xususan, “Wanderlust” platformasida O‘zbekistonda taqdim etiladigan turlar, ekskursiyalar va boshqa turistik xizmatlar haqida ma’lumotlar joylashtirish orqali O‘zbekistonni sayyohlik yo‘nalishi sifatida targ‘ib qilish, O‘zbekistonning platformadagi ulushini oshirish, platforma foydalanuvchilari orasida xabardorlikni oshirish uchun maxsus kampaniyalar o‘tkazish hamda “Wanderlust” ijodiy jamoasi uchun O‘zbekistonda press-turlar tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling