Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Unicorn Battle startap-loyiha musobaqasi o‘tkazildi, bu haqda raqamli texnologiyalar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada 120 dan ortiq jamoa ariza topshirgan. Saralash natijasida MVP bosqichida bo‘lgan va kengayish salohiyatiga ega 18 ta startap taqdimot uchun tanlab olindi.
Musobaqa g‘olibi Verifix startapi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Azma Finance jamoasi, uchinchi o‘rinni esa Tilmoch loyihasi egalladi.
Verifix – Kavkaz va Markaziy Osiyoda iste’dodlar tanqisligini bartaraf etuvchi B2B SaaS HR platformasi.
Azma Finance – kichik biznes egalari uchun avtomatlashtirilgan buxgalteriya platformasi, bu soliq hisob-kitobi, moliyaviy boshqaruv va hisobotni soddalashtiradi.
Tilmoch – turkiy tillarga ixtisoslashgan sun’iy intellektli tarjima xizmati bo‘lib, o‘zbek tiliga tarjima qilishda Google va Yandexdan 2 barobar aniqroq natijalar beradi.