Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
O‘zbekiston 14/08/2025 "Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasi: Saudiya Arabistonida oilaviy zo'ravonlik qurboni bo'lgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

"Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasi: Saudiya Arabistonida oilaviy zo'ravonlik qurboni bo'lgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchixonasi ko'magida Saudiya Arabistonining Dammam shahrida oilaviy zo'ravonlik qurboni bo'lgan hamyurtimiz R.G. Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz diplomatik missiyasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Dammam shahrida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelgan va xorijlik turmush o'rtog'ining g'ayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan vatandoshimiz R.G. O'zbekistonga qaytarishni so'rab ariza bilan murojaat qilgan.

O'zbekiston elchixonasi va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida R.G.ning Saudiyadan chiqishi uchun viza rasmiylashtirildi.

Shundan so'ng, u "Dammam-Sharja-Toshkent" aviareysi bilan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling