Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Iqtisod 25/02/2025 Uzum‘dan 16 milliondan ortiq O‘zbekistonlik foydalanmoqda

Uzum‘dan 16 milliondan ortiq O‘zbekistonlik foydalanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzum servislaridan 16 milliondan ortiq O‘zbekistonlik foydalanmoqda, deb xabar beradi fintex matbuot xizmati.

Uzum Bank 700 mingdan ortiq Uzum kartalarini chiqardi, ularda mijozlar mikrokreditlar yoki hamkorlar do‘konlarida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega. 2024 yilda berilgan bo‘lib-bo‘lib to‘lov va mikrozaymlar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 2,7 barobarga oshib, $421 millionni tashkil etdi.

Umumiy e-commerce segmentining aylanmasi (GMV) yillik hisobda 2,4 marta o‘sdi. Uzum Market marketpleysida buyurtmalar soni ikki barobar oshib, 19 millionga yetdi. Shuningdek, barcha buyurtmalarning taxminan 60%i hududlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Marketpleys logistika infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda. Kuz faslida Markaziy Osiyodagi eng yirik logistika majmuasi ishga tushirildi. Uzum Market‘ning topshiriq punktlari soni uch baravar oshib, taxminan 1000 taga yetdi.

Platforma orqali 14 000 o‘zbekistonlik tadbirkor o‘z mahsulotlarini sotmoqda.

Uzum Tezkor hududlarda kengayishda davom etmoqda — bu xizmat hozirda mamlakatning 18 ta shahrida mavjud bo‘lib, Uzum Tezkor‘da buyurtmalar soni o‘tgan yilga nisbatan 6 martadan ko‘proq oshdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling