Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Moliya 07/02/2025 Uzum Bank rahbariyatida yangi lavozimlar tayinlanganini e’lon qildi

Uzum Bank rahbariyatida yangi lavozimlar tayinlanganini e’lon qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kuzatuv kengashi boshqaruv raisini tanladi. Uzum Bank’ga Svetlana Xe rahbarlik qiladi hamda Markaziy Bank bilan kelishilgandan soʻng yangi lavozimga tayinlanadi. Aleksandr Filippovich operatsion direktor rolida Uzum Fintech birlashtirilgan yoʻnalishining mahsulotlari va servislarini rivojlantirishda davom etadi.

Svetlana Xe 20 yildan ortiq vaqt davomida bank sohasida faoliyat yuritib, korporativ boshqaruv, mijozlar va biznes uchun servis va mahsulotlarni rivojlantirishga e’tibor qaratgan. Svetlana Uzum Bank’ga o‘tishdan oldin Yangi Bank boshqaruv raisi, shuningdek, Octobank va Kapitalbank’da rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Bankning yangi boshqaruv raisi Uzum Fintech jamoasi bilan birgalikda kompaniyaning uzoq muddatli strategiyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston mijozlari va tadbirkorlari uchun ilg‘or fintech-servislarni ishlab chiqishga e’tibor qaratadi. Svetlananing tajribasi moliyaviy mahsulotlarni kengaytirishga yordam beradi, shunda respublikaning millionlab aholisi pul mablagʻlarini onlayn tarzda tez, oson va ishonchli boshqara oladi.

Aleksandr Filippovich Uzum Fintech’da kross-funksional biznes-jarayonlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda mahalliy va xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirishda davom etadi.   

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling