Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Texnologik kompaniya Uzum 2024-yil yakunlarini sarhisob qildi.
Mart oyida Uzum O‘zbekiston tarixidagi ilk «yunikorn»ga aylandi, uning bozor bahosi $1 milliarddan oshdi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning har uchinchi fuqarosi Uzum servislaridan foydalanadi
Uzum Market orqali 253 ta aholi punktiga 19 milliondan ortiq buyurtma yetkazib berildi, platformada 12 ming tadbirkor o‘z mahsulotlarini sotmoqda.
Kompaniya Markaziy Osiyodagi eng yirik, 112 ming kvadrat metr maydonga ega yangi ombor ochdi.
Uzum Tezkor tez yetkazib berish xizmati 17 ta shaharda ishlaydi, foydalanuvchilar soni yil davomida to‘rt barobarga ko‘paydi.
Uzum Bank tomonidan 700 mingdan ortiq kartalar chiqarildi, mikroqarzlar soni esa 1 milliondan oshdi.
Uzum Nasiya xizmatining faol foydalanuvchilari soni uch barobarga oshdi.
Uzum Market orqali amalga oshirilgan buyurtmalarning 58% nasiya asosida rasmiylashtiriladi, Uzum Tezkor buyurtmalarining 30% esa kompaniyaning fintex xizmatlari orqali to‘lanadi.