Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Moliya 04/02/2025 UZCARD bosh direktori iste’foga chiqdi

UZCARD bosh direktori iste’foga chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ (UZCARD) Olimjon Zokirovning 2025-yil 30-yanvardan e’tiboran kompaniya ijrochi direktori lavozimidagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qiladi. Bu o‘zgarish «YUPM» AJning ijro etuvchi organi – «UCMG» MCHJ boshqaruv kompaniyasiga o‘tishi munosabati bilan sodir bo‘ldi.

Olimjon Zakirov «UCMG» MCHJ  tijorat yo‘nalishida Tijorat masalalari bo‘yicha direktor lavozimini egalladi.

Eslatib o‘tamizki, 2024-yil 1-avgustdan boshlab «YUPM» AJning ijro etuvchi organi vakolatlari «UCMG» MCHJ boshqaruv kompaniyasiga topshirilgan edi.

Natijada, bundan buyon «YUPM» AJ manfaatlarini «UCMG» MCHJ Bosh direktori David Melikidze ifodalaydi.

Ta’kidlash joizki, rahbariyat tarkibidagi ushbu o‘zgarishlar UZCARD to‘lov tizimining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling