Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Xitoyning San’ya shahri (Xaynan oroli)ga muntazam reyslarni boshlashini e’lon qildi.
Birinchi parvoz 2024-yilning 18-dekabr kuniga rejalashtirilgan.
Parvozlar har chorshanba kuni amalga oshiriladi. Parvoz jadvali quyidagicha:
Toshkentdan uchish: 18:30 (Toshkent vaqti bo‘yicha);
San’yaga yetib borish: 04:10 (mahalliy vaqt bilan);
San’yadan uchish: 05:40 (mahalliy vaqt bilan);
Toshkentga yetib kelish: 10:15 (Toshkent vaqti bo‘yicha).