Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Buxorodan Moskvaga uchayotgan samolyoti “Vnukovo” aeroportiga yaqinlashayotganda dvigatelida muammo yuzaga keldi
Aviakompaniya ekipaji tomonidan tegishli protseduralar bajarildi va samolyotni belgilangan aeroportga qo‘ndirishga qaror qilindi.
Aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 15-yanvar kuni HY9607 reysi bo‘yicha sodir bo‘lgan. Bortida 132 yo‘lovchi bo‘lgan Airbus A320 samolyoti ekipajning professional harakatlari tufayli eson-omon qo‘ndi.
Uzbekistan Airways texnik xizmatlari tomonidan barcha tiklash ishlari olib borilmoqda. Amaldagi parvozlar jadvalida rejalashtirilgan keyingi aviaqatnovlar Vnukovo xalqaro aeroportiga uchib ketgan zaxira havo kemasida amalga oshiriladi.
Aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar va ushbu havo kemasida ilgari rejalashtirilgan aviaqatnovlarning kechikishi uchun yo‘lovchilardan uzr so‘radi.
#Uzbekistan Airways