Valyuta kurslari 21/05/2025
$1 – 12892.91
UZS – 0,27%
€1 – 14512.26
UZS – 0,05%
₽1 – 160.34
UZS – 0,39%
Qidirish
Iqtisod 26/04/2025 Uzbekistan Airports va AirAsia X Kuala-Lumpur va Toshkent oʻrtasida muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda

Uzbekistan Airports va AirAsia X Kuala-Lumpur va Toshkent oʻrtasida muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Uzbekistan Airports” kompaniyasi Malayziyaning “AirAsia X” aviakompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Uchrashuvda Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Ushbu uchrashuv kompaniyalar o‘rtasidagi 2024-yilda “Routes Asia” aviatsiya forumida boshlangan muzokaralarning davomi bo‘ldi.

Aviakompaniya joriy yilning oktabr oyidan boshlab Airbus 320/321 samolyotlarida haftasiga uch martalik qatnovi bilan O‘zbekistonga parvozlarni boshlashni rejalashtirmoqda. Aviakompaniya, shuningdek, Toshkent orqali uchinchi davlatlarga bog‘lovchi reyslarni tashkil etish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Eslatib o‘tamiz, “AirAsia X” joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat olgan.

“AirAsia” - Malayziyaning budjet aviakompaniyasi. Bu Osiyodagi eng yirik arzon aviakompaniya hisoblanadi. 25 mamlakatda 400 dan ortiq yo‘nalishlarga ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi. Aviakompaniyaning asosiy tranzit markazi Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling