Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Iqtisod 16/01/2025 UzAuto Motors har bir aksiya uchun 975 so‘mdan dividend to‘laydi

UzAuto Motors har bir aksiya uchun 975 so‘mdan dividend to‘laydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 10-yanvarda bo‘lib o‘tgan “UzAuto Motors” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha 2024-yil 9-oy bo‘yicha taqsimlanmagan foydadan dividendlar to‘lashga 264,0 mlrd so‘m (har bir aksiya uchun 975 so‘m, ya’ni bozor narxining 1,3%) yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Taqsimlanmagan foydaning qolgan 8,6 trln so‘mi taqsimlanmagan holda qoldi.

Dividendlar 10-yanvardan 2025-yil 11-martgacha to‘lanadi. Aksiyadorlar reestrini shakllantirishning oxirgi kuni 2025-yil 3-yanvar bo‘lgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling