Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Moliya 18/11/2024 UZ CHASYS ustav kapitalidagi 70 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlandi

UZ CHASYS ustav kapitalidagi 70 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UZ CHASYS” MChJ ustav kapitalidagi 70 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlangani haqida xabar berdi.

Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida Portfolio Investments kompaniyasi ishtirok etadi. "UZ CHASYS" MChJ 2008-yilda tashkil etilgan bo‘lib, avtomobil elektr yoritish tizimlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Kompaniyaning ustav kapitali 12,96 mlrd.

Shu bilan birga, “UZ CHASYS” MChJning ustav kapitalidagi 30 foiz ulushiga “AMS CO.LTD” (Koreya Respublikasi) kompaniyasi egalik qiladi. O‘z o‘rnida, “AMS CO.LTD” Jamiyatdagi o‘z ulushini Davaktiv agentligi bilan bir vaqtda va bir xil shartlarda sotishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, davlat ulushining 70 foizini sotish AMS CO.LTD ga o‘z ulushini sotish majburiyatini yuklamaydi.

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida tashkil etiladi.

Savdo jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) hamda Majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO) taqdim etish bosqichlari, yakuniy bosqichda talabgorlar tomonidan taklif etiladigan qat’iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli to‘lov sifatida amalga oshirilishi belgilanadi.

Korxonaning asosiy faoliyat turini aktivlar oldi-sotdi shartnomasi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 10 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlab qolish, ushbu muddat davomida mahsulotlarning litsenziati bo‘lgan “General Motors” kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan yetkazib beruvchi bilan texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha litsenziya kelishuvlariga va “General Motors” texnologiyalari bilan bog‘liq texnologik jihozlardan foydalanish yuzasidagi Bosh Alyans kelishuvida o‘rnatilgan talablar va tegishli cheklovlarga qat’iy rioya qilish.

Bundan tashqari, g‘olib korxonadagi ish o‘rinlari va xodimlarni 2 yil davomida saqlab turishi, ish haqini kamaytirmasligi yoki mehnat shartnomasi shartlarini yomonlashtirmasligi kerak.

Qiziqish bildirish jarayonida ishtirok etish uchun arizalar 2024-yil 17-dekabr soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling