Urumchi delegatsiyasi Oʻzbekiston bilan qoʻshma texnopark yaratishni muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-fevral kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Urumchi Savdo-sanoat palatasi raisi Yang Xunmey boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida energetika, avtomobilsozlik, shaharsozlik, turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari, xususan, ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Bu jarayonga Xitoyning qator innovatsion kompaniyalari – kichik va o‘rta biznes vakillarini jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Urumchi Savdo-sanoat palatasi savdo, tibbiyot, madaniyat, ta’lim, turizm, tog‘-kon sanoati, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va infratuzilmaviy rivojlanish sohalaridagi 49 kompaniyani o‘z ichiga oladi. Palata SUAR va Xitoy viloyatlaridagi kompaniyalarga xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan.