Valyuta kurslari 23/12/2024
$1 – 12893.07
UZS – 0,14%
€1 – 13386.87
UZS – -0,15%
₽1 – 125.96
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 18/11/2024 UNIDO vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

UNIDO vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 15-noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) vakillari bilan O‘zbekistonda eko-industrial parklar dasturini ishlab chiqish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xalqaro maslahatchi Jan Pol Gotye hamda UNIDO vakillari, Iqtisodiyot va moliya vazirligining Yashil iqtisodiyotga o‘tish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Sanoat siyosatini amalga oshirish departamenti vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Global eko-industrial parklar dasturi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi sanoat zonalarini eko-industrial parklarga transformatsiya qilishni texnik qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilishdan iborat.

Shuningdek, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda UNIDO bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot, toza energiya hamda aylanma iqtisodiyot tamoyillarini o‘z ichiga olgan eko-industrial parklarni barpo etish va rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olindi.

Ushbu eko-industrial parklar sanoat korxonalarida yashil o‘sish tamoyillarini joriy qilish, iqtisodiy-ijtimoiy va ekologik mas’uliyatni oshirish hamda ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar mazkur sohada o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling