Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Sport 24/03/2025 Umar Bozorov Tbilisi “Katta dubulgʻa” turniri chempioni!

Umar Bozorov Tbilisi “Katta dubulgʻa” turniri chempioni!

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, -90 kg vazn toifasida kechgan bahslarda hamyurtimiz Umar Bozorov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Olimpiada va jahon chempionati sovrindorlari jam boʻlgan mazkur vaznda yosh umidli polvonlarimizdan biri oʻzining ajoyib ishtiroki bilan yaqqol ajralib turdi. Bozorov finalda fransiyalik Aleksis Metyudan ustun keldi. 

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Eslatib oʻtamiz, dastlabki kun bahslarida -66 kg vazn toifasidagi vakillarimiz Azizbek Ortiqov hamda Abdurahim Nutfullayev bronza medallari bilan taqdirlanishgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling